Shatun
Shatun (ruscha shatat — chayqatmoq, tebrantirmoq) — porshenli mashinalarda mashina porsheni yoki polzuni harakatini tirsakli valga (krivoshipga) uzatuvchi qism (zveno). Uning tirsakli valga biriktiriladigan qismi krivoship kallagi, ikkinchi qarama-qarshi qismi esa porshen (yoki polzun) kallagi deb ataladi. Mexanizmning boshqa harakatlanuvchi zvenolari bilan aylanuvchi kinematik juftlar yordamida birikadi. Porshenli dvigatellar, kompressorlar va nasoslarda, temirchilik-presslash jihozlarida ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Shato
- Shatun
- Shatt ul-Arab
- Shatak mashina
- Shatakka olmoq (shataklamoq)
- Shatak
- Shatmoq
- Shataloq: shataloq otmoq











