ARTERIOSKLEROZ

ARTERIOSKLEROZ (arteriyalar va Yunoncha sklerosis — skleroz) — arteriya devorining qalinlashishi va qattiqlanishidan iborat surunkali kasallik. Tomir devorida fibroz to’qima o’sib ketishi oqibatida u qattiqlashib, elastikligini yo’qotadi. Natijada qon tomir bo’shlig’i torayadi va shu tomirdan qon oladigan to’qima faoliyati pasayadi. Arterioskleroz qariyalarda, yuqumli-allergik kasalliklar va boshqalarda kuzatiladi.