Sovliq

Sovliq — qo’zilagan, sog’iladigan qo’y. Urg’ochi qo’zilar 5-7 oyda jinsiy etiladi va ularni 15-18 oyda qochirishga qo’yish mumkin. Sovliqlar qo’y suruvining asosiy qismini (60-75%) tashkil qiladi. Qo’ylardan jun, go’sht-yog’, sut, teri, barra teri va hokazolarni yetishtirishda Sovliqlar muhim ahamiyatga ega. Sovliqlardan xo’jaliklarda o’rtacha 6 yil foydalaniladi. Yiliga xar bosh Sovliqdan 20— 50 kilogramm sut sog’ib olinadi.