Sovuno’t

Sovuno’t (Anagallis arvensis L.) navro’zguldoshlarga mansub bir yil- lik begona o’t. Poyasi to’rt qirrali, yoyilib o’sadi; bo’yi 10-25 sm. Bar- glari cho’zinchoq, tuxumsimon, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Gullari qizil, uzun gulbandli. Mevasi serurug’ko’sakcha. Ildizi sershox o’q ildiz. Iyunsent.da gullaydi, mevalaydi. Bir tupi 4 mingga- cha urug’beradi. Urug’idan ko’payadi. Etil- gan urug’idan nihollari kelgusi yil bahorda unadi. Begona o’t tarzida bog’va ekinzorlar, dare bo’ylarida usadi. Tosh- kent, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Kurash choralari: ang’iz erta yumshati- ladi, er shudgor qilinadi. Don ekinlari- ga 2,4 D tipdagi gerbitsidlar purkaladi.