Sovuqlik qutbi

Sovuqlik qutbi – yer shari yoki yarim shardagi havo temperaturasi eng past bo’ladigan joy. Shimoliy yarim sharda ikkita Sovuqlik qutbi mavjud bo’lib, birinchisi Saxa Respublikasi (Verxoyansk — Oymyakon tumani)da mutlaq minimal temperatura -70°, ikkinchisi Grenlandiya orolida -65°, -70° atrofida. Janubiy yarim sharda Sovuqlik qutbi Sharqiy Antarktida ichkarisida -90° ga yaqin. Bu yerda temperatura yil davomida o’rtacha -55°, -60° lar atrofida kuzatiladi.