Sovuqdara

Sovuqdara – Sovuqsoy Tojikistondagi daryo, katta Sovuqdara muzligidan boshlanadi. Orqa olay tizmasi Janub yon bag’irlari bo’ylab oqadi. Uzunligi 64 kilometr. Oltinmozor qishlog’idan 2 kilometr yuqorida Seldara daryosi bilan qo’shilib Muksuv daryosini (Vaxsh daryosining Janub tarmog’i) hosil qiladi. Sovuqdara muzliklardan to’yinadi. Iyul—avgustda to’lib oqadi.