ARG’AY O’T haqida nimani bilasiz?
ARG’AY O’T (mo’g’ulcha arg’a — aldash, turkcha — o’t, olov) — turk-mo’g’ul qabilalari harbiy san’atida qo’llanilgan usullardan birining nomi. Dushmanni chalg’itish maqsadida qo’shin miqdorini bo’rttirib, ko’paytirib ko’rsatish uchun odatda oz sonli qo’shin qo’mondoni har bir jangchisiga tunda bir qancha yerda gulxan, mash’al yoqishni buyurgan. Masalan, Mirzo Ulug’bek 1425 yil Mo’g’ulistonga qilgan yurishi chog’ida qo’shin miqdori haqida dushman noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amr qilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Arg’uvon
- ARG’ADAL haqida nimani bilasiz?
- ARG’ANUN haqida nimani bilasiz?
- ARG’UVON haqida nimani bilasiz?
- ARG’UMOQ haqida nimani bilasiz?
- ARG’UN IBN ABAQAXON kim bo’lgan?
- ARG’IMCHOQ haqida nimani bilasiz?
- ARG’IN qabilasi haqida nimani bilasiz?











