To’rtko’l tumani
To’rtko’l tumani — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. G’arbdan Ellikqal’a tumani, Jan.g’arbdan Xorazm, sharqdan Navoiy va Buxoro viloyatlari bn chegaradosh. Maydoni 7,5 ming km2. Aholisi 161,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (To’rtko’l), 14 qishloq (ovul) fuqarolari yig’ini (A. Durdiev, Jambasqala, Kaltaminor, Ko’kcha, Otauba, Oxunboboyev, Oqboshli, Oqqamish, Paxtachi, Tozabog’yop, Ullubog’, Chubukli, Sho’raxon, Qumboskan) bor. Markazi — To’rtko’l shahri. Tabiati. Tuman hududi Amudaryoning o’ng sohilida, pastbaland tekislikda (169— 206 metr) joylashgan. Shimoliy Sharq va shimol qismi Qizilqum cho’li bilan band. Bir qancha sho’r ko’llar (shimoli g’arbida Suvyorgan, shimoli sharqida So’kkili, shimolda Jumaketgan va boshqalar) bor. Suvyorgan kulidan sharkda katta maydonlar sho’rxoklardan iborat. Tuman hududi, asosan, Paxtaarna (27,5 kilometr), Bog’yop (9,0 kilometr), Kaltaminor (72,0 kilometr), Oqboshli (18 kilometr), Sho’raxonep (10,0 kilometr), Yonboshqal’a (45,5 kilometr), Arazqal’a (17,0 kilometr), Amirobod (9,0 kilometr), Bitleu (24,7 kilometr), Bo’zyop (18,0 kilometr), Beton (31,0 kilometr) kanallaridan sug’oriladi. Zax suvlar 433,3 kilometr uzunlikdagi 21 ta kollektor sistemasi orqali tuman hududidan chiqariladi. Tuproqlari sho’rxok, qumloq, bo’z tuproqlardan iborat. Yovvoyi o’simliklardan jiyda, turang’il, tol, saksovul, yulg’un, yantoq, qamish, oqbosh, sho’ra, ajriq o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo’ri, qobon, quyon, toshbaqa, jayran, ondatra, yumronqoziq, kaltakesaklar; qushlardan qirg’ovul, chumchuq, to’rg’ay, qarg’a, boyo’g’li va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -4,9°, eng past temperatura -28°, -35°, iyul oyining o’rtacha temperaturasi 28,2°, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yog’in 100 mm. Vegetatsiya davri 150-200 kun. Aholisi, asosan, o’zbeklar (62%), turkmanlar (23,8%), qozoqlar (9%), qoraqalpoqlar (5,5%), shuningdek, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi o’rtacha 1 km2 ga 21,5 kishi. Shahar aholisi 50,8 ming kishi, qishloq Ag’olisi 110,4 ming kishi (2004). Xo’jaligi. Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. To’rtko’l tumanida 7 sanoat korxonasi, jumladan, paxta tozalash zavodi (To’rtko’l), asfalt va temirbeton zavodlari, O’zbekiston—Turkiya— Amerika “To’rtko’lteks” qo’shma korxonasi, “To’rtko’lmoy”, “To’rtko’lyog'” qo’shma korxonalari, 13 aktsiyadorlik jamiyati, 228 kichik va o’rta xususiy korxonalar, aholiga xizmat ko’rsatuvchi kichik korxonalar va boshqalar bor. Chorvachilik, ipakchilik, bog’dorchilik sabzavot va polizchilik ham rivojlangan. Tumanda paxtachilikka ixtisoslashgan 11 ta shirkat, 4 ta dehqonfermer xo’jaliklari uyushmalari; qorako’lchilikka ixtisoslashgan “Qizilqum” chorvachilik xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. Tumanda580 dan ziyodf ermerxo’jaligi bo’lib, ular dehqonchilik, bog’dorchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadi. Paxta yetishtirishning 40%, g’alla yetishtirishning 40%, sabzavotpoliz mahsulotlarining 60-70% fermerlar hissasiga to’fi keladi. Jami 22,2 ming gektar maydonda dehqonchilik qilinadi. Ekin maydonlariga paxta, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuka ekinlari ekiladi. 218 gektar yer bog’lar bilan band, shundan, 178 gektari mevazor. O’rmonlar — 49,8 ming gektar. Shirkat va fermer xo’jaliklarida 7,7 ming qoramol (shundan 2,2 mingdan ziyod sigir), 30,1 ming qo’y, 1,2 ming yilqi, 682 tuya boqiladi. Avtomobil yo’llari uzunligi 1152 kilometr (shundan asfalt yotqizilgani 308 kilometr), temir yo’l 140 kilometr. Tuman hududidan Amudaryo oqib o’tadi (tuman hududidagi uzunligi 50 kilometr). 65 umumiy ta’lim maktabida 36,6 ming o’quvchi ta’lim oladi (2004). 6 kasbhunar kolleji (bank, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, sanoat-transport, maishiy xizmat, yengil sanoat), sil kasalligini davolash sanatoriy maktab-internati (240 o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi. Tumanda 12 klub muassasasi, 10 madaniyat uyi, xalq teatri, 34 kutubxona, 2 o’lkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, san’at maktabi, kasalxona (625 o’rin), 2 tibbiy dispanser (95 o’rin), 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 22 vrachlik davolash profilaktika shoxobchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 270 vrach ishlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi ko’p tarmoqli sanatoriysi (80 o’rin, A. Durdiev xo’jaligida) mavjud. Tumanda (1933 yildan “Do’stlik bayrog’i”) 2004 yildan “To’rtko’lnoma” (o’zbek tilida, adadi 3000), “Meken” (turkman tilida, 2004 yildan, 2001 yil 1 yanvardan “Oydin yo’l”, adadi 1000) gazetalari chiqadi.