Magnit yulduzlar

Magnit yulduzlar – katta o’lchamli magnit maydonlari borligi aniqlangan yulduzlar; yuzasida spektral chiziqlarning Zeeman effekti ta’sirida ajralishiga ko’ra, o’lchangan kuchlanganligi yuzdan o’n ming erstedgacha bo’ladi. Magnit yulduzlar Gersshprung — Ressel diagrammasining bosh ketma-ketligida joylashadi hamda V, A, F va M spektral sinfga mansub. Magnit yulduzlar spektrida Si, Mn, Sr, Sg kabi kimyoviy elementlarning kuchli emission chiziqlari kuzatiladi. Bu elementlar miqdori Magnit yulduzlarda Quyosh atmosferasidagidan bir necha marta ko’p. Magnit yulduzlar shunday spektral sinfdagi normal yulduzlarga nisbatan o’z o’qi atrofida o’rtacha uch marta sekin aylanadi. Spektral chiziqlar intensivligi va ajralish miqdori Magnit yulduzlarning o’z o’qi atrofida aylanish davri bilan bir xil davrda o’zgarishi aniqlangan. Shunday davr bilan Magnit yulduzlarning yorug’ligi bir necha foizga o’zgarib turadi. Magnit yulduzlarning magnit maydoni yulduzni hosil qilgan gazchang bulutga qarashli bo’lgan va gazchang siqilishi natijasida o’n minglab Erstedgacha kuchaygan. Og’ir elementlar Si, Mn, Sg, va Sr Magnit yulduzlar atmosferasida ro’y berayotgan chaqnashlar natijasida yadro reaktsiyalarida hosil bo’ladi.