Magnitogorsk

Magnitogorsk – Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1931 yildan). Magnit tog’i etagida. Janubiy Uralning Sharqiy yon bag’rida, Ural daryosining har ikkala sohilida. Rossiya Federatsiyasi metallurgiya sanoatining eng yirik markazlaridan biri. 1929-34 yillarda Magnitogorsk metallurgiya kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholisi 426,1 ming kishi (1998). Yirik sanoat korxonalari: metallurgiya kombinati, metiz-metallurgiya, kalibrlash, kran zavodlari. Pianino fabrikasi mavjud. Mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Konchilik-metallurgiya va pedagogika institutlari, drama va qo’g’irchoq teatrlari, o’lkashunoslik muzeyi bor.