Magnitograf

Magnitograf (magnit va … graf) — 1) yer magnit maydonining vaqt bo’yicha o’zgarishlari (magnit variasiyalari)ni uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Magnit variometr va qayd qilgichdan iborat. Magnit variometrlarning optik-mexanik, magnitga to’yingan, induktsion, kvant, o’ta o’tkazuvchan xillari bo’ladi. Qayd qilgichlar sifatida chastota o’lchagichlar, raqamli voltmetrlar, peroli elektr potentsionmetrlar, magnitofonlar, perforatorlar va boshqalardan foydalaniladi. Eng oddiy Magnitograf fotoqayd qilgich, yoritkich va uchta optik-mexanik variometrdan iborat. Har qaysi variometrda ko’zgu bo’lib, undan qaytgan yorug’lik nuri sekin aylanib turgan baraban sirtidagi lenta (fotoqog’oz yoki fotoplyonka) ga tushadi. Lenta galvanografga tutashtirilgan; u fototok o’zgarishini lentaga qayd qilib boradi. Bunday Magnitograf magnit maydoni o’zgarishlarini -10 5 e aniqlikda qayd qiladi. Olingan magnitogrammala magnit variatsiyalari vaqti, amplitudasi va davri haqidagi ma’lumotlar bo’ladi. Magnitograf ko’rsatishlari kopmyuterlarda kodlanadi va qayta ishlanadi; 2) Quyosh magnitografi — Quyoshdagi magnit maydonni o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Asosiy qismlari: elektr-optik yorug’lik modulyatori, spektrograf, fotoko’paytirgichlar, qayd qilgich qurilma. Ishi Zeeman effektiga asoslangan. Ad.: Yanovskiy B.M., Zemnoy Magnetizm, 1-jild, 5-nashri, Sankt-Peterburg, 1997.