Habibullo

Habibullo (taxminan 1872-1919.20.2, Jalolobod yaqinida) — Afg’oniston amiri (1901 yildan). Hokimiyatining dastlabki davrida vatanparvar kuchlar ta’sirida islohotlar o’tkazishga (Markaziy hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, dunyoviy ta’limni joriy qilish va boshqalar), mamlakatni Angliyadan qaramligini zaiflashtirishga harakat qilgan. 1905 yil Amir Abdurahmon tomonidan imzolangan ingliz-afg’on bitimini tan olgan. Angliya va ichki reaktsion kuchlar tazyiqi ostida 1919 yil yosh afg’onlarta qarshi chiqqan; ularning ko’pchiligi qamoqqa olingan va qatl etilgan. 1-jahon urushi yillarida Germaniyaning gij-gijlashiga qaramay Habibullo betaraflik siyosatini tutgan. Hayotining oxirida inglizparast siyosat yurgizib, Afg’onistonda ozodlik harakatining o’sishiga to’ganoq bo’lgan. Saroydagi fitna natijasida o’ldirilgan.