Hafizov Nabi

Hafizov Nabi (usta Nabi Hafizov, 1893— Buxoro — 1959) — naqqosh va musavvir, birinchi o’zbek plakatchisi. Buxorodagi binolarni naqshlar bilan bezagan. Hafizov rassomlik bilan ham shug’ullangan, zamonaviy mavzularni tasvirlashda miniatyura san’ati an’analarini keng qo’lladi. Matbuotda faol ishtirok etdi, plakatlar yaratdi. Toshbosma usulida chop etilgan plakatlarida g’oya va mazmun sodda, tushunarli hamda ommabop qilib ifodalangan. Hafizov plakatlaridan namunalar Buxoro viloyat o’lkashunoslik muzeyida saqlanadi.