«Hasanxon»

«Hasanxon» — «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlardan biri. Go’ro’g’lidan keyingi ikkinchi avlod hisoblangan. Hasanxon to’g’risida yaratilgan mustaqil asar. El-yurt mudofaasi, mamlakatlar o’rtasida tinchlik-osoyishtalik o’rnatish, mardlik va do’stlik dostonning asosiy g’oyasini tashkil etadi. Unda Hasanxonning Chambil (xalq poetik ijodida afsonaviy yurt nomi; xalq afsonalarida Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmaniston, O’zbekiston hududlarida bo’lgan deyiladi)ga olib kelinishiga oid voqealar tasvirlangan. Doston ko’pchilik Baxshilar repertuaridan o’rin olib, Po’lkan shoir (1968, 1976) va Zohir Qo’chqor o’g’li (1967) dan yozib olingan variantlari nashr qilingan.