ASKARIY MIRZO

ASKARIY MIRZO (1512-1558) – Mevat va Qandahor hokimi (1530-51). Boburiylardan. Boburning uchinchi o’g’li. Komron Mirzo qutquvi bilan Boburiylar hukmdori Humoyunga qarshi bir necha marta isyon ko’targan va nihoyat Kobul yaqinida bo’lgan jang (1551) da asir olinib, o’zining talabiga ko’ra hajga jo’natilgan. 1558 yil yo’lda olamdan o’tib, Makkadagi qabristonga dafn etilgan. Askariy Mirzo she’riyatga ixlosmand bo’lib, forsiy va turkiy tillarda g’azallar bitgan.