Hamza Shinvoray Abdumurod
Hamza Shinvoray Abdumurod (1907—Peshovar shahri — 1994) — afg’on shoiri. Ijodi 1923 yildan boshlangan. Lirik g’azalnavis shoir sifatida tanilgan; hofizona ishqiy g’azallari bilan katta shuhrat qozongan. Asarlarida pushtun xalqining orzu-umidlari, g’am va hasratlari, ozodlik uchun kurashlarini yuksak badiiy saviyada kuylagan (“Uyg’onish”, 1352). Hamza Shinvoray 50-yillarda ilk bor shoir Xushholxon xattak (17-asr) she’riyatining ma’no va badiiy olami haqida yirik tadqiqot ishlarini olib borgan. 6 jildli asarlar to’plami chop etilgan. Ularning asosiy qismini g’azal, ruboiy, qit’alar ham u yoki bu munosabat bilan yozilgan masnaviy, muhammas, qasida yoki boshqa janrlardagi she’rlar tashkil etadi. Hamza Shinvorayning “nido”, “Ilm tolibiga”, “O’zlik”, “Sufiyga xitob”, “yosh afg’on qo’shig’i”, “pushtunga”, “dard”, “zug’um”, “Komil inson”, “Millat birligi” va boshqa shu kabi she’rlari shoirning Vatan va millat dardiga hamohang ijodining yorqin namunalaridir.