Ko’kqo’ton

Ko’kqo’ton (Ardea cinerea) — laylaksimonlar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Og’irligi 1,5—2 kilogramm. Modasi Variga nisbatan kichikroq. Modasining qanoti yozilganda 45 santimetrgacha, variniki — 47 santimetrgacha. Patlari kulrang, qanoti qora, boshida qora kokili bor. Yevropa, Osiyo va Afrikadagi suv havzalarida yashaydi. Hindistonda, Kaspiy dengizining Janubiy qirg’oqlarida, O’rta dengiz va Zakavkazeda, ayrimlari Ohangaron va Chirchiq vodiylarida qishlaydi. Uyalarini gala bo’lib yoki boshqa turlar bilan aralashib qamishzor va daraxtlarga quradi. 4-6 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini vari va modasi galma-gal bosadi. Inkubatsiya davri 26-27 kun. Jo’jalarning bo’yi 2 oyda voyaga yetgan qushlarga tenglashadi. Ko’kqo’ton baliq, baqa, itbaliq, ilon, kaltakesak, kemiruvchilar bilan oziqlanadi.