Navro’z, duragay 2826
Navro’z, duragay 2826 — kechpishar o’rik navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida duragaylash (kechki Samarqand x ruxi juvanon x Yoshlik) yo’li bilan chiqarilgan (K. V. Vasilev, L. A. Protasevich). Daraxti g’uj o’sadi. Kech gullaydi. Mevasi yirik (40 grammgacha), yumaloq-oval, sirtining yarmidan ko’proq kismi to’q qizil, po’sti yupqa, xushbuy, shirin va bir oz nordon, tarkibida 13% qand, 0,84% kislota bor. Danagi yirik, mag’izi shirin. Iyulning boshlarida pisha boshlaydi. Kuchati ekilgandan keyin 5-yili hosilga kiradi, tupidan 120 kilogrammgacha meva beradi. Sovuqqa chidamli, shamolga bardoshli, pishib yetilgan mevalarning bir qismi shoxlarida turshaklanib qoladi. O’zbekistonning Janubiy-g’arbiy viloyatlarida o’stiriladi.