Navro’zgul

Navro’zgul (Primula) — Navro’zguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, O’zbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor Navro’zgulning bo’yi 15-30 santimetr. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti to’mtoq arrasimon, bandli, qanotchali. To’pguli soyabonsimon. Guli yirik, sariq. Mevasi — ko’p urug’li, ko’ng’ir, ko’sakcha. Bargi tarkibida S vitamini, karotin, saponin va boshqa birikmalar bor. Ildizi va ildizpoyasining qaynatmasi bronxit kasalligida balg’am ko’chiruvchi dori sifatida, bargining damlamasi avitaminozda qo’llanadi. Navro’zgulning O’zbekistondagi turlari manzaralidir.