Naddof

Naddof (Arabcha — taramoq, titmoq) — o’rta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. O’rta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik — ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat bo’lgan. Naddoflar shahar aholisining eng kambag’al tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zulmiga qarshi qo’zg’olonlarda asosiy kuchni tashkil etgan. Masalan, Samarqandda mo’g’ullar zulmiga qarshi ko’tarilgan Sarbadorlar qo’zg’oloniga Naddoflar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluip (Kalaviy) Naddof boshchilik qilgan.