Navtaka, Navtoqa

Navtaka, Navtoqa — qadimgi Sug’d viloyati. Nomi ehtimol sug’dchada «yangi toq», «yangi inshoot» yoki «yaqinda qurilgan»ni bildiradi. Navtaka Aleksandr (Iskandar)ning O’rta Osiyoga qilgan yurishi (miloddan avvalgi 329-327 yillar) davri haqidagi yozma manbalarda uchraydi. Navtakadagi qal’alardan birida Doro III ning qotili Bess asir olingan. Miloddan avvalgi 328 yilda Aleksandrning qo’shini Navtakada qishni o’tkazgan. Ayrim olimlarning fikricha, Navtaka Qarshidan 10 kilometr shimoli-G’arbdagi Yerqo’rg’on shahri xarobasi o’rnida bo’lgan. Biroq Navtakaning hozirgi Qashqadaryo viloyatining Sharqiy qismida joylashgan deyishga ko’proq asoslar bor. Ad:. Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.