Olapo’choq

Olapo’choq — kechpishar qovun navi. Shakli cho’ziq, tuxumsimon, yirik, uchi ingichka, uzunligi 28-35 santimetr, og’irligi 4-6 kilogramm. Dum tomoni biroz tilim-tilim, uch tomoni g’adir-budur, to’r bilan qoplangan, tusi to’qsariq. Sirtining gullari qo’shaloq, keng, to’q yashil dog’lari bor. Po’sti qattiq, eti to’q yashil, qalinligi 5,5—6 santimetr, sersuv, shirin. Tarkibida 9,8% qand, shu jumladan, 6,5% saxaroza, 11,7% quruq modda bor. Olapo’choqning urug’xonasi unchalik kata emas, urug’i yirik. Ekilgan urug’i unib chiqqanidan keyin, hosili 95-110 kunda pishadi. Hosildorligi 250-300 ts/ ga. Qishda asrashga va uzoq joylarga olib borishga yaroqli. Bo’z tuproqli unumdor yerlarda mo’l hosil beradi.