Old Osiyo tog’ligi

Old Osiyo tog’ligi – Osiyoning g’arbiy qismidagi bir guruh tog’liklar. Uzunligi g’arbdan sharqqa qariyb 4000 kilometr, eni 600-1500 kilometr. Umumiy maydoni 3,5 million km2. Tarkibida Kichik Osiyo, Armaniston va Eron tog’liklari bor. Balandligi Markaziy qismida 1000— 2000 metrli yassitog’liklar va balandligi 2000— 4000 metrli chekka tog’liklardan iborat. Iqlimi aksari qismida subtropik, kontinental iqlim. Yozi quruq va issiq (faqat Eron tog’ligining Sharqiy yon bag’rida musson yomg’irlari yog’adi), qishi sovuq, bahori sernam. O’simliklari, asosan, butazorlardan iborag landshafti ko’p joylarda quruq subtropik, Janubda quruq tropik, tog’larning sernam yon bag’irlarida nam subtropik va tropik.