Oldrin Edvin

Oldrin Edvin (1930.20.1) – AQSh astronavt-uchuvchisi, harbiy-havo kuchlari polkovnigi. AQSh harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSh ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966 yil noyabrda «Jemini-12» kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969 yil iyulda «Apollon-11» kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. «Apollon-11» kosmik kemasining oy bo’lmasida 20 iyulda oyga qo’ngan va 21 iyulda Oldrin Armstrongdan 20 minut keyin oy sathiga qadam qo’ygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga Oldrin nomi berilgan.