“Merkuriy”

“Merkuriy” – AQSh ning Yerga yaqin orbita bo’ylab uchish uchun mo’ljallangan bir o’rinli kosmik kemalari nomi va ularni ishlab chiqish hamda uchirish dasturi. “Merkuriy”ning asosiy vazifasi: kosmonavt boshqaradigan sun’iy yo’ldoshni geosentrik orbitaga chiqarish va uning yerga muvaffaqiyatli qaytishini ta’minlash, shuningdek, insonning kosmik fazoda ishlash imkonini tekshirish. Uchishdagi maksimal massasi 1,36 tonna; kabinasining hajmi 1,5 m3. Bortida kosmonavt bo’lgan birinchi “Merkuriy” kema-yo’ldosh orbitaga chiqarilgunga qadar eksperimental namunalari uchirilgan. 1962-63 yillarda bortida kosmonavtlari bo’lgan 4 ta “Merkuriy” “Frendship—7” (J. Glenn), “Avrora” (S. Karpenter), “Sigma-7” (U. Shirra), “Feyt-7” (G. Kuper) uchgan. 1963 yildan keyin “Merkuriy” uchirish to’xtatilgan.