To’rtko’ltepa

To’rtko’ltepa (eski qo’rg’on) Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shu nomli qishloq markazida joylashgan shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1—milodiy 1 — 2-asrlar). Arxeologlar G’. Dadaboev, B. Matboboyevlar o’rgangan. Maydoni 13 gektar (350×350 metr). To’rtko’ltepa ko’pburchak shaklida qurilgan. Yodgorlik qalin mudofaa devori bn o’rab olingan, xom g’isht va paxsadan tiklangan devorda 20 ga yaqin Burjlar bo’lgan. Devorning qalinligi 6-10 metr, balandligi 6-7 metr. Devorning ichki tomoni bo’ylab binolar qurilgan. Bu binolarda mudofaachilar yashagan. Tashqi tomondan devor ostidan 3-4 metr kenglikda ariqzovur o’tkazilgan. Shahar irmog’ining shimoli g’arbida Ark qoldiqlari saqlangan. Undan sal quyida Jan.g’arbiy qismida yana bir bino qoldiqlari bor. Norin va Qoradaryo oralig’idagi Qolgandaryogacha bo’lgan joylar, ya’ni hozirgi Yangiqishloq, Eylaton, bo’z, Botirobod, Maygir, Qo’shko’prikda yashagan qadimgi aholi uchun savdosotiq, madaniyat markazi hamda “notinchlik paytida panagoh” vazifasini bajargan.