ATONAL MUSIQA haqida nimani bilasiz?
ATONAL MUSIQA (Yunoncha a – inkor qo’shimchasi va tonal — ton) — 20 – asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida odat tusiga kirgan tonallik, lad, garmoniya va boshqalarning o’ta erkin o’zgaruvchanligiga asoslanib yaratiladigan musiqa. Atonal musiqa konsonans va dissonans kontrasti, modulyasiyalarni inkor etadi. Ayrim Atonal musiqa parchalari so’nggi romantiklar va impressionistlar ijodida uchraydi. 20-asr boshida Avstriya kompozitori A. Shyonberg, uning shogirdlari A. Vebern, A. Berg va boshqa ijodida an’anaviy yevropacha ladtonallik asosidan to’la yoki qisman voz kechish natijasida Atonal musiqa yoki R. Kolish (1896 — 1978) tomonidan kiritilgan atonallik tushunchasi yuzaga kelgan. Atonal musiqani ma’lum darajada dodekafoniya texnikasi tartiblashtirgan. Undan O’zbekiston kompozitorlari kino, teleko’rsatuv, teatr musiqasi va boshqalarda foydalanmoqdalar.
O‘xshash so‘zlar
- Atoniya
- Atoniya nima degani
- ATON haqida nimani bilasiz?
- Aton haqida nimani bilasiz?
- Atoniya predstatelnoy jelezi
- ATONIYA haqida nimani bilasiz?
- ATONALLIK haqida nimani bilasiz?
- ATREK daryosi haqida nimani bilasiz?











