ATRIBUTSIYA

ATRIBUTSIYA (lotincha atributio — nisbat bermoq) — badiiy asar (rasm, haykal va boshqalar) ning asilligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlash. San’atshunoslikda asarning uslubi va yaratilish xususiyatlari (material, kompozitsiya, ijodkorning o’ziga xos uslubi va hokazolar) tahliliga asoslanadi. Dastlab mutaxassislarning tajribaviy bilimi va hissiy xulosalariga asoslangan Atributsiya 19-asr oxiridan ilmiy uslubiy tahlil, kimyoviy va fizik tadqiqotlar (makrova mikrosuratga olish, rentgenografiya, infraqizil, ultrabinafsha nurlar va boshqa) natijalariga tayanmoqda.