Nana sohib
Nana sohib (asl ismi Nana Govind Dandu pant) (taxminan 1824—?) — 1857-59 yillardagi Hindiston xalq qo’zg’oloni rahbarlaridan biri. Ingliz Ost-Indiya kompaniyasining nafaqasida bo’lgan maratx peshvosi (hokimi) Baji Rao II ning asrandi o’g’li. Peshvo vafoti (1851) dan so’ng kompaniya Nana sohibga nafaqa to’lashdan bosh tortgani sababli u xalq qo’zg’oloniga qo’shilgan. 1857 yilda o’zini peshvo deb e’lon qilgan, Kanpur shahri va viloyatida o’z hokimiyatini joriy qilgan. Mustamlakachilarga qarshi yirik janglarda qatnashgan. Keyinchalik qo’zg’olonning boshqa mulkdor rahbarlari singari xalq urushini cheklashga harakat qilgan. 1857 yil o’rtasida Kanpur yaqinidagi mag’lubiyatdan so’ng Nana sohib Aud viloyatiga chekingan va qo’zg’olonning asosiy markazlari tor-mor qilinganidan so’ng shim. Hindistonning changalzorlariga bekingan. Keyingi taqtsiri ma’lum emas. Ad.: Narodnoe vosstanie v Indii 1857— 1859, M., 1957; Novaya istoriya Indii, M., 1961.