Nanay tili

Nanay tili — tungus-manjur tillaridan biri. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk va Primore o’lkalari va qisman Xitoyda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 8 mingdan ortiq. 3 lahjaga bo’linadi: Amur (Ussuri), kururmi, Sungari. Amur laxjasining nayxin shevasi adabiy Nanay tiliga asos bo’lgan. Nanay tili fonetikasi unlilarning ko’pligi, sintaksisi esa sodda gaplarning qo’shma gaplarga nisbatan ko’p qo’llanishi hamda aniqlanmish — aniqlovchi moslashuvining yo’qligi bilan ajralib turadi. Rossiya Federatsiyasidagi Nanay tili uchun 1931 yilda lotin grafikasi asosida, 1963 yilda rus grafikasi asosida yozuv yaratilgan.