Namozshomgul

Namozshomgul (Mirabilis L.) – namozshomguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik va bir yillik o’simliklar turkumi; ekma gul turi. Vatani — tropik Amerika. O’zbekistonda 2 xil turi uchraydi. Hidsiz Namozshomgul (M. jalopa L.), xushbo’y Namozshomgul (M. odorata L.). Bir yillik manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Bo’yi 40— 80 santimetr, sershox, tukli. Ildizi urchuqsimon, yo’g’on. Bargi uzun bandli, tubi yumaloqyoki yuraksimon, uchi o’tkir. Gullari qizil, sariq, oq. Gulqo’rg’oni shingilsimon to’pgul. Iyuldan sovuqtushguncha gullab urug’laydi. Gullari kunduzi yopilib, kechqurun ochiladi.