Niyozbekqal’a

Niyozbekqal’a — Chirchiq daryosining o’ng qirg’og’idagi qal’a xarobasi. Toshkent va uning atrofini suv bilan ta’minlovchi qadimgi irrigatsiya inshooti — Bo’zsuvni dushmandan himoya qilish uchun qurilgan. Niyozbekqal’ani 1935 yilda V.D.Jukov tekshirgan, lekin arxeologik qazish o’tkazilmagan. Qal’a to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, 2 metr balandlikdagi ko’tarma xandaq bilan o’ralgan. Niyozbekqal’aning ustki qismidan Qo’qon xonligi (19-asr) davriga oid materiallar topildi. General M.G.Chernyaev boshchiligidagi podsho qo’shinlari Toshkent shahrini qamal qilgan payt (1865)da xarobaga aylantirilgan.