Nefud

Nefud — Arabiston yarim orolidagi bir necha qum cho’llari. Saudiya Arabistoni hududida. Eng yiriklari: katta Nefud, Kichik Nefud va Nefud-dahi. Katta Nefud Arabiston yarim orolining shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 670 ming km2. Uzunligi 500 kilometr, eni 300 kilometrgacha. Balandligi 600-1000 metrli platoda joylashgan bo’lib, qum tepalar va toshloqlardan iborat. Quruq o’zan ko’p. Iqlimi tropik, keskin kontinental iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 10° dan yuqori (ba’zan -11° gacha pasayadi), iyulniki 30° (Maksimal temperatura 54°). Yillik yog’in 100 mm. Kuchli shamollar esadi. O’simliklari siyrak. Sirtlon, chiyabo’ri, kemiruvchilar, kaltakesaklar yashaydi. Chekka qismida quduq va vohalar bor, ko’chmanchi chorvachilik rivojlangan (qo’y, tuya boqiladi). Kichik Nefud (Dahno) Arabiston yarim orolining Markaziy qismidagi cho’l, katta Nefud bilan Rub ul-xoli cho’llari oralig’ida. Uzunligi 1200 kilometr, eni 20-70 kilometr. O’rtacha balandligi 450 metr. Qum uyumlari ko’chib yuradi. O’simligi juda siyrak. Nefud-dahi Arabiston yarim orolining Markaziy qismida. Uzunligi 500 kilometr, eni 100 kilometrgacha. O’simligi juda siyrak, qum uyumlari ko’chib yuradi.