Nefridiylar
Nefridiylar (Yunoncha nephros — buyrak) — umurtqasiz hayvonlarning ayirish organi; osmoregulyasiya, moddalar almashinuvi mahsulotlarini, ba’zan jinsiy mahsulotlarni organizmdan chiqarish funktsiyasini bajaradi. Nefridiylar ko’p marta tarmoqlangan epiteliy naychalaridan yoki naychalar sistemasidan, tuban ko’p tukli halqalilarda esa har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan iborat. Har bir metanefridiy nayining voronkaga o’xshash kengaygan uchi tana bo’shlig’ida joylashgan. Nay burilib, navbatdagi bo’g’imga o’tadi va teri yuzasiga ochiladi. Nefridiylar soni 1 dan bir necha 100 tagacha bo’lishi mumkin. Birmuncha soddatuzilgan protonefridiylarning tanasi ichida joylashgan qismi yopiq solenotsitlardan iborat. Metanefridiylarda solenositlar bo’lmaydi.