Nefropatiya

Nefropatiya (Yunoncha nephros — buyrak, pathos — kasallik) — buyrakning turli morfologik va funktsional kasalliklarini anglatuvchi umumiy tushuncha. Nefropatiyaga nefritlar (glomerulonefrit, pielonefrit, tubulointerstisial, irsiy va boshqalar), buyrak anomaliyalari (buyrakning arteriya va venalari nuqsonlari, buyrak aplaziyasi, qo’shimcha buyrak, buyrak gipoplaziyasi, Festoniyasi va boshqalar), buyrak polikistozi, pionefroz (buyrakning yiringli-destruktiv yallig’lanishi), buyrak sili, raki, buyrak exinokokkozi, buyrak amiloidozi, buyrakning o’tkir va surunkali yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, nefroptoz, nefrolitiaz, nefroskleroz va boshqa kasalliklar kiradi. Nefropatiya rivojlanishiga ba’zi yuqumli kasalliklar (angina, nafas sistemasining o’tkir yallig’lanish kasalliklari, ayrim viruslar), organizmning sovqotishi, qandli diabet, tireoidit, amiloidoz, ma’lum bir guruh dorilarning noxush ta’siri, immun sistemadagi yetishmovchiliklar va boshqa omillar sabab bo’ladi.