Nevrit

Nevrit (nevr… va Yunoncha itis — yallig’lanish) — periferik nervlarning yallig’lanishi, bunga infektsion kasalliklar, tana to’qimalariga shikast yetishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nervning qon bilan ta’minlanishidagi yetishmovchiliklar (masalan, aterosklerozla) va boshqalar sabab bo’ladi. Yallig’langan nervlar atrofida og’riq, muskullar atrofiyaesh yoki falaji, darmonsizlik, sezuvchanlikning buzilishi, harakatning cheklanishi kuzatiladi. Yuz, eshitish, bilak, tirsak va oraliq nervlar Nevriti ko’p uchraydi. Yuz nervi Nevriti, odatda, sovuq qotish, o’rta quloqning yallig’lanishi b-n bog’liq bo’lib, bunda mimika muskullari falajlanadi; ko’z yumilmaydi, og’iz burchagi qiyshayadi va hokazolar. Eshitish nervi Nevritida o’rta quloqda asta-sekin shovqin paydo bo’lishi bilan birga kundan-kun quloq og’irlashib boraveradi. Bilak, tirsak oraliq nervlar Nevriti umumiy intoksikatsiya, yallig’lanish, jarohat va shikastlar oqibatida kelib chiqadi. Bunda qo’l panjasi, barmoqlarni yaxshi qimirlata olmaslik, sezuvchanlik- ning o’zgarishi, muskullar atrofiyasi kuzatiladi. Davo kasallikning kelib chiqish sabablariga bog’liq; bemor qanchalik erta davolansa, shunchalik tez tuzalib ketadi.