AXBOR

AXBOR (Arabcha — xabarlar) — shialarning muqaddas rivoyatlari, Muhammad (sav) va Alining so’zlari, faoliyati to’g’risidagi rivoyatlar to’plami. Axbor sunniylarda muqaddas hisoblangan sunna (hadis to’plamlari) kabi Qur’ondan keyingi muqaddas manbalardan hisoblanadi. Sunna Muhammad (sav) va sahobalarning, Axbor esa faqat payg’ambar va uning oila a’zolari, Ali va boshqa imomlarning faoliyati haqidagi rivoyatlarni o’z ichiga oladi.