Iskart

Iskart — 1) biror narsaning aniq belgilangan me’yori, o’lchovi, qolati; masalan, temirchilikda o’tda qizdirilgan pichoq, bolta, tesha va boshqa asboblarning qizish me’yori; 2) tikuvchilik, temirchilik va boshqa kasblarda biron buyumning qog’oz (karton) yoki tunukadan tayyorlangan andazasi (masalan, ko’ylak yengi, ketmon, bel va boshqalar andazasi); 3) atlas tanda ipi yuziga gul solish uchun naxlarni livitlarga ajratib, kalava singari qatlab qo’yilgan joyi. Atlas yuziga tushirilgan gul nusxalari (“Yaxudo nusxa”, “guli namozshom”, “Marg’ilon mash’ali”, “Xosiyatxon”va boshqalar) Iskartda to’liq bir shakl kasb etadi. Shu jihatdan tushgan naqshlar ham Iskart deyiladi.