Parabola
Parabola (Yunoncha parabole — qiyos, chog’ishtirish, o’xshatish) — badiiy adabiyotda ramzga moyil kinoyaviy obraz. Ramziy hikoyaga, majozga yaqin bo’lsada, ulardan farq qiladi. Ba’zan Parabolani ramz va ramzli hikoya oralig’idagi tur deb ham yuritishadi. Ramziylikka yaqinlik Parabolaning kinoyaviy obraz sifatidagi vazifasini susaytirmaydi. Mazmunni atroflicha keng va chuqur ifodalash imkoniyatining mavjudligi tufayli Paraboladan ko’p yozuvchilar unumli foydalanganlar: F. Kafka “sud jarayoni”, E. Xeminguey “Chol va dengiz”, Garsia Markes “yuz yil tanholikda”, Abe Kobo “Qumdagi xotin” va boshqalar. O’zbek yozuvchilaridan A. Muxtor, Sh. Xolmirzaev, N. Eshonqul va boshqalar o’z asarlarida Paraboladan foydalanganlar.