Parij kommunasi
Parij kommunasi (1871 yil 18 mart — 28 may) — Frantsiya-Prussiya urushi (1870-71)da bonapartchilar rejimining mag’lubiyatga uchrashi, 3-respublika hukumatining siyosati Parij xalqining qo’zg’olon ko’tarishiga va A. Ter rahbarligidagi Versalga qochib ketgan hukumatni ag’darib tashlanishiga olib kelgan (18 mart). 18-28 martda Milliy gvardiya Markaziy qo’mitasi inqilobiy muvaqqat hukumat vazifasini bajargan. 28 martda Parij kommunasi e’lon qilingan. Hukumat 2 fraktsiyadan: “ko’pchilik” (asosan, blankistlar) va “ozchilik” (asosan, prudonistlar)dan iborat edi. Parij kommunasi ham qonun chiqaruvchi, ham ijroiya organi bo’lgan. 21 mayda versalchilar Parijga kirganlar; 28 maygacha kommunarlar barrikadalarda jang qilishgan.. Kommuna versalchilar tomonidan bostirilgan.