Permalloy
Permalloy (inglizcha permalloy; prem(eability) — o’tkazuvchanlik va alloy — qotishma) — magnit o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan, magnit jihatdan yumshoq qotishma; tarkibi nikel (Ni) va temir (Fe) dan iborat. Kam nikelli (Ni — 40 — 50%) va ko’p nikelli (Ni —70—83%) turlarga bo’linadi. Tarkibi 79% Ni, 16% Fe, 5% Mo (molibden) dan iborat bo’lgan Permalloy supermalloy deb ataladi. Permalloy radiotexnika, aloqa texnikasi va kuchsiz tokdan foydalaniladigan boshqa sohalarda ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- PERMANGANAT KISLOTA
- Perminvar
- Pernambuku
- Pero
- PERO DELLA FRANCHESKA
- Peroksidlar
- PEROKSIDLAR VA PEROKSID BIRIKMALAR
- Peron (Pieron) Anri











