Pero
Pero — 1) siyoh, tush va boshqalar. Suyuq bo’yoqlar bilan yozish va rasm ishlashda foydalanadigan asbob; qadimdan yozishda uchi o’tkirlashtirilgan qush patlari, qamish va boshqalardan tayyorlangan Pero ishlatilgan. 18- asr oxiridan metall Perolar ilk bor Myunxen (Bavariya)da ishlana boshlagan. Metalldan yasalgan zamonaviy Perolar shakli, o’lchami va vazifasiga ko’ra farqlanadi; 2) Pero bilan rasm yaratish usuli; ijrosining kontur yoki shtrix usulida bo’lishi bunday asarlarning o’ziga xos xususiyatidir.
O‘xshash so‘zlar
- Perovskit
- Peroksidlar
- Peronosporoz
- Peroksidazalar
- Peroksisomalar
- Peron (Pieron) Anri
- PERO DELLA FRANCHESKA
- PEROVSKIY EKSPEDISIYASI











