Polonez

Polonez (Fransuzcha polonaise — polyakcha) — polyak xalq raqslari asosida yuzaga kelgan tantanavor bal raqsi. Musiqa o’lchovi 3/4. 18-asrdan Frantsiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Polyak milliy professional musiqasi shakllanishida muhim rol o’ynagan (Yu. Elsner, M. Oginskiy, K. Kurpinskiy va boshqalar). F. Shopen ijodida kengaytirilgan bir qismli shakldagi kontsert asariga aylangan. M. Glinka, P. Chaykovskiy va boshqa o’z operalarida Polonezdan foydalanishgan.