ASILLASH
ASILLASH — organik birikmalardagi vodorod o’rniga karbon kislota qoldig’i RCO ni kiritish. Asillashga formillash, benzoillash va boshqa reaktsiyalar kiradi. Asillash vositalari sifatida karbon kislotalar yoki odatda, ularning hosilalari (efirlari, angidridlari va hokazolar) ishlatiladi. Asillash reaktsiyalarini o’rganish va ulardagi qonuniyatlarni aniqlashga O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi I. P. Sukervanik va uning shogirdlari katta hissa qo’shgan.