ASINXRON ELEKTR DVIGATEL haqida nimani bilasiz?
ASINXRON ELEKTR DVIGATEL — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulg’amlari bo’ylab uch fazali o’zgaruvchan tok o’tganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulg’amlarida hosil qiladigan tok bilan o’zaro ta’siriga asoslangan. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga ta’sir etib o’zgartirish mumkin. Tok chastotasini o’zgartirish energiya ierofini cheklagan holda tezlikni ravon o’zgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota bo’yicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr Dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan o’nlab MVt gacha bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASINXRON GENERATOR haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON ELEKTR MASHINA haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON RAQAMLI MASHINA haqida nimani bilasiz?
- ASIR haqida nimani bilasiz?
- ASIRIY kim bo’lgan?
- ASIRIY turkiy shoir kim bo’lgan?
- ASIRUDDIN AXSIKATIY kim bo’lgan?











