Mo’minov Tolib Musayevich
Mo’minov Tolib Musayevich (1943.11.1, Samarqand shahri) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), Fizika-matematika fanlari Doktori (1979), professor (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDu va Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri) da ilmiy xodim (1965— 79). Toshduda laboratoriya mudiri (1979-81), Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori (1981 — 87; 1995 yildan), SamDU rektori (1992— 95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB—50 betatroni, MT— 22S mikrotroni, eg—2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan o’tishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining o’ta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar o’tkazdi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).