ACHCHIQGARVUZ qanaqa o’simlik ekanligini bilasizmi?
ACHCHIQGARVUZ (Citrulius colocynthis) – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib o’suvchi bir yillik o’simlik. Palagining uzunligi 1 — 2 metr. Barglari uchburchak shaklida, bo’yi 5 — 8, eni 4 — 5 santimetr. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7-12 santimetr, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sarg’ish va qoramtir bo’ladi. Achchiqgarvuz avgust—sentabtda gullab, oktabr—noyabrda hosil beradi. O’zbekistonda dorivor o’simlik sifatida ekiladi. Vatani —Shimoliy- Sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. Achchiqgarvuzning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- ACHCHIQJOM haqida nima bilasiz?
- ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI qanday kollektor?
- ACHCHIQKO’L Sirdaryoning qayerida joylashgan?
- ACHCHIQKO’L Toshkent shahrining qayerida joylashgan?
- ACHCHIQMIYA qanaqa o’simlik?
- ACHCHIQO’T deganda nimani tushunasiz?
- ACHCHIQQOZON nima degani?
- ACHCHIQSUV qanaqa soy?











