Mandarin

Mandarin (Citrus reticulata) — ru- tadoshlar oilasining tsitruslar turku- miga mansub doim yashil daraxtlar va bu- talar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari ma’lum emas. M. subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va b.) hududlarda ekiladi. Vatani — Xitoy. O’zbekistonda 20-a. ning 70-y.laridan maxsus issikxona va transheyalarda payvanddan o’stirilgan past bo’yli navlari etishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab okt.da mevasi pishadi. 5-6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. M. — doim yashil daraxt, bal. 3 m ga boradi. Tinim davri b-n almashadi- gan 2-3 o’sish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoq- tuxumsimon, to’q yashil, gullari oq may- da, ikki jinsli, xushbo’y. M. may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab. da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, ba’zan yapaloq, yuzasi biroz g’adir-budir, po’sti qalin, zarg’aldoq, urug’i mayda. Sharba- ti nordonshirin. Eti to’q sariq, sersuv, 8-10 pallali, vazni 60-80 g. Sharbati tarkibida 2,87—10,5% qand, 0,95—1% kislota (asosan, limon kislota), 25 mg % vitamin S va b. mavjud. Pustila Pek- tin moddasi, efir moyi va glikozidlar mavjud bo’lib, qandolatchilik sanoati- da va efir moyi olishda ishlatiladi. M. sovuqqa chidamli: -6,5° da bargla- rini, — 12° da daraxtini sovuq uradi. Ohak va gumusga boy tuproklarda yuqori hosil olinadi. M. asosan, payvand yo’li b-n ko’paytiriladi (asosan, trifoliat- ga payvand qilinadi). Ko’chatlar orasi 3-5 m, qator orasi 5-6 m qilib kech kuz va erta bahorda ekiladi. Ezda qator oralari yumshatiladi, sug’oriladi. M. daraxtiga yosh paytida to’g’ri shakl beril- sa, hosildorlik yuqori bo’ladi. 10-12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 ts hosil olinadi (bir tupi 30-70 kg meva beradi). Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi (murabbo, jem, sharbat) tayyor- lanadi (q. Tsitrus o’simliklar). Kasalliklari : fitoftoroz, kalma- raz, antraknoz. Zararkunandalari: tillarang va qizil kana. Rixsivoy Jo’raev.