ASHXOBOD 25

ASHXOBOD 25, ash-25 – ingichka tolali g’o’za navi. Turkmaniston ingichka tolali g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining Ashxobod bo’limida chiqarilgan (D. B. Boboyev, V. S. Bulax, 1974). Turkmaniston va O’zbekistonda rayonlashtirilgan (1977). Tupi pishiq, yotib qolmaydi, balandligi 70-90 santimetr. Hosil shoxlari 2-tipli. Qulay sharoitlarda tanada va meva shoxlarida qo’shimcha ko’saklar hosil qiladi. Barglari o’rtacha, 3-5 bo’lmali. Gullari limonsimonsariq, qizg’ish dog’lari bor. Ko’sagi kichikroq, deyarli 3 pallali. Bir dona ko’sakdagi paxta vazni 3,0—3,5 gramm. Tolasi sarg’imtir. Vegetatsiya davri 140 145 kun. Fuzarioz viltga va qora ildiz chirish kasalligiga o’ta chidamli. 34,4% tola beradi, tolasining shtapel massa uzunligi 40-41 millimetr, uzilish kuchi 4,9 GK, nisbiy uzilish kuchi 39 GK/teks, chiziqli zichligi 125 mteks.