ASHSHUR
ASHSHUR (As-sur) — Mesopotamiyadagi qadimgi shahar (miloddan avvalgi 4-ming yillik —miloddan avvalgi 614), miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalaridan Ossuriyaning poytaxti (hozirgi Iroqdagi Qal’at -Sharqot xarobalari). Mudofaa inshootlari, ibodatxonalar, turar joy va savdo rastalari, mixxat yozuvi bilan bitilgan matnlar kutubxonasi topilgan.